Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:55

Buxoroda er-xotin sudxo‘rlar o‘ldirib ketildi


Buxoro shahri hududiga kiruvchi Foshun qishlog‘ida istiqomat qilgan er-xotin noma’lum shaxslar tomonidan o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Qotillar ularning 14 yashar qizini ham pichoqlagan, biroq u o‘lmay qolgan. Ozodlik manbalariga ko‘ra, er-xotin sudxo‘rlik bilan shug‘ullangan. Ularning sudxo‘r ekanligini rasmiylar ham tasdiqladi.

Buxoro shahri hududiga kiruvchi Foshun qishlog‘ida istiqomat qilgan er-xotin noma’lum shaxslar tomonidan o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Qotillar ularning 14 yashar qizini ham pichoqlagan, biroq u o‘lmay qolgan. Ozodlik manbalariga ko‘ra, er-xotin sudxo‘rlik bilan shug‘ullangan. Ularning sudxo‘r ekanligini rasmiylar ham tasdiqladi.

Buxoro shahrining Foshun qishlog‘ida istiqomat qilgan 44 yashar Rustam Hamroev va uning xotini 42 yashar Nazira Safarova va ularning 14 yashar qizi 2 noyabrga o‘tar kechasi o‘z uyida pichoqlab ketildi.

Bu haqda xabar bergan Ozodlik manbasiga ko‘ra, eru xotin voqea joyining o‘zida halok bo‘lgan, qizi esa og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Buxorodagi huquq-tartibot idoralaridan birida ishlaydigan Ozodlik manbasi shunday voqea bo‘lganini tasdiqladi:

“2 noyabr kuni ertalab soat uch-to‘rtlarda Foshun qishlog‘ida istiqomat qilgan Rustam Hamroevning uyiga niqobli shaxslar kirib, eru xotinni va uning qizini pichoqlagan. Er-xotin o‘sha joyning o‘zida o‘lgan. O‘n to‘rt yashar qizi esa og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan”, dedi manba.

Uning aytishicha, marhumlar odamlarga ustama foiz evaziga qarz berish bilan shug‘ullangan:

“Aniqlanishicha, eru xotin sudxo‘rlik bilan shug‘ullangan ekan. Foizga qarz bergan. Birinchi taxminimiz, bu qotillik ularning shu faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Hozir bu odamlardan qarz olgan shaxslarni aniqlash bilan shug‘ullanyapmiz. Ikkinchi taxmin esa, o‘g‘rilik. Qotillar marhumning “Kaptiva” avtomashinasini ham olib ketganlar. Biroq avtomashinani Buxoro ko‘chalaridan biriga tashlab ketishgan”, dedi manba.

Manbaning aytishicha, mazkur voqea yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97 moddasi, 2 qismi ("Qasddan odam o‘ldirish") bilan jinoyat ishi ochilgan.

Buxoro shahrida istiqomat qiladigan Davron ismli tadbirkorning aytishicha, bundan 6 oy oldin ham bir sudxo‘r ayol o‘ldirib ketilgan edi:

“Buxoroning 5-mikrorayonida yashaydigan Nasiba ismli bir sudxo‘r ayolni ham o‘ldirib, o‘zining kvartirasini yoqib ketishgan edi. Bilasizmi, shu ayolning janozasiga 20 kishi kelgandi, xolos. Hozir Buxoroda sudxo‘rlar juda ham ko‘paygan. Har bir mahallada 3-4 sudxo‘r bor. Eng kami oyiga 10 foizga qarz topsangiz xursand bo‘lavering. Bo‘lmasa, 15-20 foiz. O‘zbek so‘mi qadrsizlanib borayotgani bois sudxo‘rlar so‘mda qarz bermay qo‘ygan. Qarz olsangiz ham garovga tilla yoki uyingiz hujjatlarini va pasportingizni ham qo‘yishingiz kerak. Banklardan kredit olish qiyin bo‘lgani uchun odamlar sudxo‘rlardan qarz olishga majbur bo‘lyapti”, dedi tadbirkor.

Joriy yilning oktyabr oyida Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Uzunnavo qishlog‘ida yashab kelgan sudxo‘r ayol Shohista Ismoilova va uning 17 yoshli o‘g‘li o‘ldirib ketilgan edi.

XS
SM
MD
LG