Линклар

O‘zbekistondagi tungi klublarda o‘smir qizlar ushlandi


O‘zbekiston prezidentining nevarasi ham voyaga etmagan paytida tungi klublarda yurgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan edi.

O‘zbekiston prezidentining nevarasi ham voyaga etmagan paytida tungi klublarda yurgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan edi.

Keyingi uch kun ichida o‘tkazilgan oblavalar davomida Samarqand shahridagi tungi klublarda voyaga etmagan 17 yigit-qiz nazoratsiz yurgani aniqlandi va ularning ota-onalariga jarima solindi. Ozodlik manbalariga ko‘ra bu reydlar ortidan viloyatdagi kollejlarda milisionerlar tarafidan “tungi klublarning salbiy oqibatlari” haqida tarbiyaviy soatlar o‘tkazilmoqda.

Keyingi uch kun ichida o‘tkazilgan oblavalar davomida Samarqand shahridagi tungi klublarda voyaga etmagan 17 yigit-qiz nazoratsiz yurgani aniqlandi va ularning ota-onalariga jarima solindi. Ozodlik manbalariga ko‘ra bu reydlar ortidan viloyatdagi kollejlarda milisionerlar tarafidan “tungi klublarning salbiy oqibatlari” haqida tarbiyaviy soatlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tarbiyaviy soatlardan biri Samarqand shahrining Sattepo massivida joylashgan kollejda o‘tkazilgan.

Striptiz tufayli qoldirilgan dars

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash bo‘limining qoidabuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi zobitlari Sattepo Turizm va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchilariga “tungi klublarning yomonligini” misollar bilan tushuntirgan.

Ozodlikning Samarqanddagi manbalariga ko‘ra¸ aynan Sattepo Turizm va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tungi klublardagi reyd paytida ushlangan.

Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ shahardagi qator restoran, internet va tungi klub hamda boshqa ko‘ngilochar joylarda o‘tkazilgan reydlar davomida 50 dan ortiq o‘quvchi ushlangan, yil boshidan buyon esa, 600dan ortiq o‘smir ichki ishlar boshqarmasining profilaktik hisobiga tirkalgan.

- Keyingi olti oy ichida 642 nafar voyaga etmagan bola profilaktik hisobga olindi. Ularning 147 nafari qizlar. Qizlar haqida alohida to‘xtalsam. Voyaga etmagan bu qizlar tungi klublarda¸ ekstaziga o‘xshagan engil narkotik tabletkalar iste’mol qilayotganida qo‘lga olindi. Spirtli ichimlik va sigaretni aytmasam ham bo‘ladi. Biz bu faktlarni kollej o‘quvchilariga tushuntiryapmiz¸ dedi Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasidagi Ozodlik manbasi.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ keyingi uch kun ichida Samarqandda o‘tkazilgan reydlar mobaynida o‘ndan ortiq ota-ona jarimaga tortilgan, yigirmaga yaqin restoran va tungi klublar egalari ustidan ma’muriy ish ochilgan.

Joriy yilning avgust oyida ham Samarqand shahridagi “Alterego”, “Patayya”, “Djovani”, “Shaxristan” va “Niagara” tungi klublarida IIB xodimlari tarafidan reydlar o‘tkazilib, 30 nafar fohisha va iznsiz ishlayotgan striptiz raqsga tushadigan 20 raqqosa qo‘lga olingani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

Avgustdagi reydlar chog‘ida qo‘lga olinganlarning soni 400 nafarni tashkil qilib¸ ular orasida yuqori lavozimda ishlaydigan mulozimlarning farzandlari ham bo‘lgan.

Prezident nabirasi tungi klubda

Prezident nabirasi tungi klubda


Tungi klublar reydi butun respublika bo‘ylab amalga oshirilgan

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Urganch¸ Zarafshon va Qarshi shaharlaridagi tungi klublarda ham reydlar o‘tkazilgan.

Xorazmdagi manbamizning bildirishicha¸ 1 dekabr kuni Urganchdagi “Odnoklassniki” kafe-bari va “Voyaj” tungi klubi Urganch shahar hokimligi huzuridagi voyaga etmaganlar ishlari bo‘yicha komissiya hamda shahar prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi mulozimlari tarafidan tekshirilgan:

Manbaning aytishicha¸ "Voyaj” tungi klubida kech soat 12 da raqs tushayotgan Urganch Qurilish kasb-hunar kollejida o‘qiydigan o‘quvchi qizlar qo‘lga tushgan:

-O‘yin-kulgi qilib, mazza qilib o‘tirgandik. Birdan maskali odamlar kurshovida tekshiruvchilar kirib, hammadan hujjat so‘rab boshladi. Keyin qurilish kollejida o‘qiydigan qizlarni ushlab olib ketishdi¸ dedi suhbatdosh.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ “Voyaj” klubining ish yurituvchisiga nisbatan voyaga etmaganlarning tungi klubda yurgani yuzasidan ish ochilib, hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudiga yuborilgan.

O‘zbek mulozimlari taqiqlash va jazolash yo‘li bilan voyaga etmagan o‘zbek yoshlarini tungi klublardan uzoqlashtirmoqchi.

Buxorolik 24 yashar blogger Muslimbek Hamraev Ozodlik bilan suhbatda tungi klublarda “o‘quvchi ovlash” muntazam tus olgani foyda bermagayotniga e’tibor qaratdi:

- Taqiqlash bilan ish bitmaydi. Tartibga solish kerak. Bu mavzu hozir barcha kollej va litseylar uchun global muammo bo‘lib turibdi. Buxorodagi klublardan yosh qizlar ko‘plab ushlanib talabalar ustidan nazorat chandon kuchaytirildi. Lekin bu bilan oldini ola olishmayapti. Ta’qiq emas¸ boshqa yo‘lini izlash kerak . Qarang, uylanish yoshiga ham ta’qiq qo‘yildi, lekin amalda muammo echilmaydi. Kasallik dori bilan davolanadi. Kasallarni o‘ldirib tashlash bilan emas¸ dedi suhbatdosh.

XS
SM
MD
LG