Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:35

Muhammad Solihning Istanbuldagi uyi yaqinida shubhali shaxslar qo‘lga olindi


Turkiyaning Istanbul shahrida yashayotgan "O‘zbekiston xalq harakati" yetakchisi Muxammad Solih va uning o‘g‘li Temur Solih yashaydigan uy yaqinida turk polisiyasi shubhali shaxslarni qo‘lga oldi.

Turkiyaning Istanbul shahrida yashayotgan "O‘zbekiston xalq harakati" yetakchisi Muxammad Solih va uning o‘g‘li Temur Solih yashaydigan uy yaqinida turk polisiyasi shubhali shaxslarni qo‘lga oldi.

2 dekabr kuni yuz bergan bu voqea haqida Turkiyaning Anadolu axborot agentligi xabar berdi.

Solihga suiaqasd qilmoqchi bo‘lganlikda gumonlanib qo‘lga olinganlardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Istanbul polisiyasi uning ismini ochiqlamayapti.

Anadolu axborot agentligiga ko‘ra, Muxammad Solih va uning o‘g‘li Temur Solih o‘zlari yashaydigan Istanbulning sharqiy qismidagi uyi yaqinida shubhali odamlar yurgani haqida polisiyaga xabar bergan.

Shundan so‘ng Istanbul polisiyasining terrorchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari shu odamlarni ta’qib ostiga olgan.

Polisiya mashinasini ko‘rgan shubhali odamlar o‘zlari kiraga olgan mashinada qocha boshlagan. Polisiya keyin ularning ketidan quvib yetib, qo‘lga olgan.

Qo‘lga olingan shaxslardan biri O‘zbekiston fuqarosi, yana biri kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Rossiya fuqarosi ekani aniqlangan.

Muhammad Solihning Ozodlikka aytishicha, Istanbul polisiyasi aslida besh odamni qo‘lga olgan.

- Kecha bo‘ldi bu. Uyimizning qo‘riqchilari so‘nggi o‘n besh kun davomida kuzatuv olib borib shu shubhali odamlarni payqagan va polisiyaga xabar bergan va kecha ular qo‘lga olindi. Ular besh kishi bo‘lgan, uch nafarini qo‘yib yuborishgan, yana ikki nafarini hibsda ushlab turishibdi. Ular menga suiqasd qilmoqchi bo‘lishgan, degan gumon bilan ushlab turilibdi ekan. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi ekan. Hozircha shundan ortiq ma’lumot yo‘q menda, - dedi Muhammad Solih.

Ta’kidlash joiz, 2013 yilda O‘zbekiston xalq harakati rahbari Muhammad Solihning Istanbuldagi uyi o‘qqa tutilgan, lekin hech kimga ziyon yetmagan edi.

Ozodlik bilan suhbatlashgan Turkiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xodimiga ko‘ra¸ Muhammad Solihning ikki yil avval o‘qqa tutilgan Istanbuldagi uyi qattiq qo‘riqlanmoqda.

O‘zbekiston muxolifati arboblariga nisbatan hujumlar ilk bora bo‘layotgani yo‘q

O‘tgan yili esa Istanbulda o‘zbekistonlik imom Abdullo Buxoriy otib o‘ldirildi.

2011 yilning 24 sentabr kuni, o‘zbek muxolifati faollaridan biri Fuad Rustamxo‘jaev Ivanovo shahrida o‘z uyi oldida otib ketilgan edi.

2012 yil 22 fevral kuni Shvesiyaning Stromsund shahrida O‘zbekistondagi Karimov rejimini oshkora tanqid qilib kelgan taniqli ulamo Obid qori Nazarovga o‘z uyi pod’ezdida suiqasd uyushtirilgan edi.

1999 yili O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi bosh boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Botir Tursunov va Interpolning O‘zbekiston bo‘limi boshlig‘i polkovnik Mahmud Xayitovlar, Rossiyada tadbirkorlik bilan shug‘ullanadigan sobiq milisioner Bahrom Mo‘minoxunov ishtirokida Muhammad Solihga qarshi amalga oshmay qolgan suiqasd haqida Ozodlik radiosi rus hizmati maqola e’lon qilgan edi.

Bu radiomaqolada Muhammad Solihga qarshi suiqasd qilishdan oxirgi daqiqada voz kechgan sobiq milisioner Bahrom Mo‘minoxunovning iqrori o‘rin olgan.

XS
SM
MD
LG