Линклар

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi Federal Majlisiga an’anaviy Nomasining bu yilgisini yo‘llar ekan, o‘z nutqini mana bu gap bilan yakunladi: “Tarqoq bo‘lsak, bizni darhol yo‘q qilishadi, kuchimiz birligimizda, urushqoqligimizda, bir oila a’zolaridek bir-birimizga xalqimizni ko‘paytiradigan mehrimizda. Kuchimiz ichki boyligimizning tabiiy o‘sishi va tinchlikni sevishimizda”.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 3 dekabr kuni Rossiya Federasiyasi Federal Majlisiga an’anaviy Nomasining bu yilgisini yo‘llar ekan, o‘z nutqini mana bu gap bilan yakunladi: “Tarqoq bo‘lsak, bizni darhol yo‘q qilishadi, kuchimiz birligimizda, urushqoqligimizda, bir oila a’zolaridek bir-birimizga xalqimizni ko‘paytiradigan mehrimizda. Kuchimiz ichki boyligimizning tabiiy o‘sishi va tinchlikni sevishimizda”.

Putin Nomasining ba’zi jihatlariga to‘xtalamiz.

Neft narxi uzoq, juda uzoq past bo‘ladi

Iqtisodiyotdagi vaziyat murakkab, biroq ayanchli emas. Lekin bu xotirjam bo‘lishimizga izn bermaydi. “Biz xom ashyo narxlari pastligi davri cho‘zilib ketishiga, uzoq vaqtga cho‘zilib ketishiga tayyor bo‘lishimiz lozim”, dedi Vladimir Putin Federal majlisga yo‘llaydigan har yilgi Nomasining bu yilgisida.

Putinning fikricha, tashqi sanksiyalarga tadbirkorlik erkinligi bilan javob berish kerak. Rossiya prezidentiga ko‘ra, mamlakatda halol biznes yuritishga nazoratchilar armiyasi to‘sqinlik qilmoqda.

Rossiya 2020 dan boshlab faqat o‘zi ishlab chiqarganni yeydi

Rossiya prezidentiga ko‘ra, u boshqarib turgan mamlakat 2020 yilgacha ichki bozorni mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘la ta’minlashi lozim.

Ayni paytda Putin noto‘g‘ri foydalanilayotgan er maydonlarini olib qo‘yishni talab qildi.

“Ona kapitali” yana 2 yil to‘laydilar

Putin Federal majlis oldida qilgan chiqishi davomida davlatning ijtimoiy va demografik siyosatiga ham to‘xtaldi. Prezident “Ona kapitali” dasturini yana 2 yilga cho‘zishni taklif qildi.

Asosiy mavzu – tashqi siyosat

Vladimir Putinning o‘tgan yilgi Nomasi asosan iqtisodiy bo‘hron va rublning qadrsizlanishiga qaratilgan bo‘lsa, bu yil asosiy e’tibor tashqi siyosatga qaratildi.

Federal majlisga yo‘llaydigan har yilgi Nomasining bu yilgisini bugun boshlar ekan, Putin jahonda terrorizm xavfi kuchaygani hamda kuchlarni unga qarshi “bir mushtga tugish” zarurligi to‘g‘risida gapirdi.

Rossiyaning Suriyadagi amaliyotlariga to‘xtalgan Putin, bu mamlakatda rus harbiylari eng avvalo Rossiya uchun jang qilmoqda dedi.

Putin yana Turkiyani aybladi

Rossiya prezidenti yana bir bor Turkiyani “Islomiy davlat” guruhi terrorchilarini qo‘llab-quvvatlayotganlikda aybladi.

Putinga ko‘ra, Turkiya hukumati Rossiyaning Su-24 harbiy uchog‘ini 24 noyabr kuni urib tushirgani uchun hali “ko‘p afsus chekadi”. Uning aytishicha, Rossiya Turkiyaga qarshi qurol ishlatmaydi, lekin “nima qilishi kerakligini biladi”.

So‘nggi gap zamirida qanday harakat yotganini Rossiya prezidenti ochiqlamadi.

Kimyogardan olingan iqtibos

Federal majlisga yo‘llaydigan har yilgi Nomasining bu yilgisini Putin rus kimyogari Dmitriy Mendeleevning mana bu gapi bilan yakunladi:

“Tarqoq bo‘lsak, bizni darhol yo‘q qilishadi, kuchimiz birligimizda, urushqoqligimizda, xalqimizni ko‘paytiradigan bir oila a’zolaridek bir-birimizga mehrimizda. Kuchimiz ichki boyligimizning tabiiy o‘sishi va tinchlikni sevishimizda”

XS
SM
MD
LG