Линклар

logo-print

O‘zbekistonda jamoat transporti haydovchilari va kirakashlar terror hujumlariga qarshi hushyorlikka chaqirildi. Xususan, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilarga avtotransport vositasida shubhali shaxs yoki shubhali buyum borligi ayon bo‘lsa zudlik bilan salondan yo‘lovchilarni tushirib, milisiya organlariga xabar berish lozimligi uqtirilmoqda.

O‘zbekistonda jamoat transporti haydovchilari va kirakashlar terror hujumlariga qarshi hushyorlikka chaqirildi. Xususan, yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilarga avtotransport vositasida shubhali shaxs yoki shubhali buyum borligi ayon bo‘lsa zudlik bilan salondan yo‘lovchilarni tushirib, milisiya organlariga xabar berish lozimligi uqtirilmoqda.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi rasmiylari bunday choralarga avtotransport vositalarida yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash va terrorchilik hujumlari oldini olish maqsadida qo‘l urilayotganini aytishmoqda.

- Shubhali narsa yoki odamni ko‘rsangiz, diniy da’vatlar yoki terrorchilik alomatlarini kuzatsangiz kerakli joyga xabar berish kerak, mashinani salonidami, avtobusdami, bekatdami, bu hamma haydovchilarga taaluqli. Hozir bu borada haydovchilarga qo‘llanma va yo‘riqnomalar tarqatilmoqda. Har bir avtobus, mikroavtobus va yengil mashina saloniga ilova qilinayotgan targ‘ibot chaqiriqlarini joylashtiryapmiz, - dedi agentlik matbuot hizmati rasmiylaridan biri.

Ayni paytda hukumatning bu choralari Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda baxsu-munozara uyg‘otgan.

“Endi terrorchilarni ushlash kirakashlarga qoldimi. Milisiya haydovchilarni shilish bilan shug‘ullanishi o‘rniga xavfsizlik haqida o‘ylasa bo‘lar edi”, - deb yozdi Doniyor ismli Feysbuk tarmog‘idagi Voditeli Tashkenta guruhi foydalanuvchisi.

Ayni guruhning Gulchehra Nizomiddinova ismli foydalanuvchisi esa:“Hammamiz, shusiz ham shubhali odamlarni, terrorchilarni ko‘rsak milisiyaga xabar berishimiz kerakku”, deb yozdi.

Toshkentdagi Mustaqil inson huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromovga ko‘ra hukumat terrorchilarni ovlashda bejiz haydovchilarni jalb etayotgani yo‘q.

- Taksi haydovchisi, kirakashlar jamiyat ichida yuradigan qatlam. Yo‘lovchilar taksiga o‘tirganda dardini dasturxon qiladi, ba’zilari diniy narsalarni gapirib ketishi mumkin. Ana o‘shalarni darrov milisiyaga aytib beradi. Shunday xolatlar bo‘lyapti. Endi shubhasi asossiz bo‘lsa milisiya kechirim so‘rab qo‘yib yuboradi. Hozir shaharda ekstremist guruhlarni varaqalari topilyapti, bayroqlar osib ketilyapti, hukumatni xavotirga solayotgan xolatlar bo‘lyapti, - deydi Surat Ikromov.

O‘tgan haftada Rossiyaning "Regnum" agentligi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida so‘nggi ikki hafta mobaynida 150 dan ortiq odam IShID guruhi va boshqa ekstremistik tashkilotlarga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olingani haqida xabar tarqatgan edi.

XS
SM
MD
LG