Линклар

Joriy yil oxirigacha eski pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirmagan o‘zbekistonliklar yangi yildan ma’muriy javobgarlikka tortiladi va jarima to‘ylaydi. Bu haqda 3 dekabr kuni O‘zbekistondagi ayrim nashrlar xabar tarqatdi. Avvalroq biometrik pasportga o‘tish jarayoniga aloqador rasmiylar Ozodlik radiosiga eski pasport amal qilish muddatining bir yilga uzaytirilishi aniq ekanini ta’kidlagan edilar.

Joriy yil oxirigacha eski pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirmagan o‘zbekistonliklar yangi yildan ma’muriy javobgarlikka tortiladi va jarima to‘ylaydi. Bu haqda 3 dekabr kuni O‘zbekistondagi ayrim nashrlar xabar tarqatdi. Avvalroq biometrik pasportga o‘tish jarayoniga aloqador rasmiylar Ozodlik radiosiga eski pasport amal qilish muddatining bir yilga uzaytirilishi aniq ekanini ta’kidlagan edilar.

Uz24.uz nashri Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, mayor Sanjar Qosimovga tayanib xabar berishicha, o‘zbekistonliklar 2016 yil 1 yanvarigacha yangi nusxadagi biometrik pasportlarni olishga ulgurishi kerak. Biometrik pasport olmaganlarga “Ma’muriy javobgarlik Kodeksi”ning 223-moddasiga binoan minimal ish haqining 3 barobaridan 10 barobarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinadi.

Jarima miqdori 390 ming 720 so‘mdan 1 million 302 ming 400 so‘mgacha bo‘lishi mumkin.

Sanjar Qosimov O‘zbekiston hududida yashayotgan fuqarolarga biometrik pasport 10 kun ichida, xorijda yashayotgan va konsullik ro‘yxatiga olingan o‘zbekistonliklarga esa 15 kun ichida berilishini ham ta’kidlab o‘tgan.

Avvalroq Sanjar Qosimov eski pasportlardan foydalanish muddati 2017 yilgacha uzaytirilgani haqidagi xabarlarni inkor qilib, ularni mish-mish sifatida baholagan.

Prezident Islom Karimov 2009 yil 23 iyunda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga asosan¸ “amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini biometrik pasportga bosqichma-bosqich almashtirish" jarayoni 2015 yilning 31 dekabriga qadar to‘liq tugallanishi lozim edi.

Ozodlik radiosi 6 noyabr kuni o‘z manbalariga tayangan holda¸ mamlakat aholisining kattagina qismi hali biometrik pasportga o‘tmagani va 31 dekabrga qadar ularga yangi pasport berishni texnik jihatdan amalga oshirish mumkin emasligidan kelib chiqib, hukumat eski pasportlar amal qilish muddatini kamida 2016 yil 31 dekabriga qadar uzaytirishga oid tegishli hujjatlar hozirlayotgani haqida xabar tarqatgandi.

“Hozircha qo‘limizda Vazirlar Mahkamasining qarori yo‘q¸ bunday qarorning dekabr o‘rtalariga qadar kelishi kutilayapti. Lekin eski pasportlarning 2016 yil 31 dekabriga qadar amal qilishi aniq. Chunki hisob-kitoblardan aholining 40 foizdan ko‘prog‘i hali yangi pasport olmagani aniqlandi. Buncha odamga bir yarim oy ichida biometrik pasport qilib berishning iloji yo‘q. Shuning uchun hozir tegishli hujjatlar qilinayapti va kelasi oy qaror chiqishi kutilayapti. Dekabrning 15 larida bog‘lansangiz¸ anig‘ini aytaman”¸ dedi O‘zbekiston viloyatlaridagi ichki ishlar tizimi rasmiylaridan biri.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi¸ Buxoro va Navoiy viloyatlarining biometrik pasportga o‘tish jarayoniga aloqador rasmiylari ham¸ Ozodlik radiosiga eski pasport amal qilish muddatining bir yilga uzaytirilishi aniq ekanini ta’kidlagan edilar.

O‘zbekistondagi yarim rasmiy ayrim Internet nashrlari bu xabarni inkor qilishga uringandi.

Xususan¸ kun.uz nashri¸ Chilonzor tumani IIB Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining shaxsi ochiqlanmagan rasmiysiga tayanib¸ “ nobiometrik pasportlarning amal qilish muddati uzaytirilmaydi” deb xabar tarqatgan.

XS
SM
MD
LG