Линклар

O‘zbekistonda 2016 yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili" deb e’lon qilindi. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 5 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitusiyasining 23 yilligi munosabati bilan Toshkentdagi Forumlar saroyida o‘tkazilgan yig‘inda bu haqda e’lon qildi.

O‘zbekistonda 2016 yil “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili" deb e’lon qilindi. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 5 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitusiyasining 23 yilligi munosabati bilan Toshkentdagi Forumlar saroyida o‘tkazilgan yig‘inda bu haqda e’lon qildi.

"2016 yilni "Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili" deb nomlasak, nima deysizlar?- dedi Karimov Forumlar saroyiga yig‘ilganlarga qarata.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov to‘qsoninchi yillar boshidan buyon har yili Konstitutsiya kuni arafasida bo‘lajak yilga nom beradi.

O‘tib borayotgan 2015 yilni janob Karimov "Keksalarni e’zozlash yili", deb nomlagandi.

Kuzatuvchilar O‘zbekistonda yillarni nomlash bir - birini takrorlayotgandek tasavvur paydo qilayotganini aytishadi.

Jumladan, 2014 yil O‘zbekistonda “Sog‘lom bola” yili bo‘lgan.

2015 yil uchun tanlangan “Keksalarni e’zozlash” nomi 2002 yildagi “Qariyalarni qadrlash”ga yoki 2014 yilgi “Sog‘lom bola yili” 2000 yildagi “Sog‘lom avlod yili”ga uyqash.

2012 yilda e’lon qilingan “Oila yili” mavzusi 1998 yil uchun ham tanlangan edi.

O‘zbekistonda yilga nom berish an’anasi to‘qsoninchi yillar boshidan beri davom etib keladi.

1997 yil “Inson manfaatlari yili” deb e’lon qilingan bo‘lsa, 1998 yil “Oila yili”, 1999 yil “Ayollar yili” va 2000 yil esa “Sog‘lom avlod yili”deb e’lon qilingan.

2001 yil O‘zbekistonda “Onalar va bolalar yili”, 2002 yil “Qariyalarni qadrlash yili”, 2003 yil “Obod mahalla yili”, 2004 yil “Mehr-muruvvat yili”, 2005 yil “Sihat-salomatlik yili”, 2006 yil “Homiylar va shifokorlar yili”, 2007 yil “Ijtimoiy himoya yili”, 2008 yil “Yoshlar yili”, 2009 yil “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”, 2010 yil “Barkamol avlod yili”, 2011 yil “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”, 2012 yil “Mustahkam oila yili”, 2013 yil esa “Obod turmush yili” deb e’lon qilingan edi.

XS
SM
MD
LG