Линклар

logo-print

Pokiston xavfsizlik kuchlari o‘tgan haftada Kaliforniyadagi otishmada qatnashgan ayolning Pokistondagi nufuzli ayollar madrasasi - Multondagi Al-Huda xalqaro madrasasini bitirganini tasdiqladi.

Pokiston xavfsizlik kuchlari o‘tgan haftada Kaliforniyadagi otishmada qatnashgan ayolning Pokistondagi nufuzli ayollar madrasasi - Multondagi Al-Huda xalqaro madrasasini bitirganini tasdiqladi.

Bu madrasaning biror ekstremistik tashkilotga aloqasi borligi haqida ma’lumot yo‘q. Ammo, uni ochgan va ayni paytda Kanadada yashayotgan Farhat Hoshimiy islomiy aqidaparastlik g‘oyalarini ilgari surgani uchun tanqid qilingan.

2 dekabr kuni 29 yashar Tashfin Malik va uning 28 yashar turmush o‘rtog‘i Sayid Foruq Kaliforniya shtati San-Bernardino shahridagi ijtimoiy xizmat markaziga hujum qilgan va 14 kishini otib o‘ldirgan edi. Hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan “Islomiy davlat” terror guruhi bu ikkovlonni "o‘z mujohidlari" ekanini da’vo qilgan.

AQSh maxsus xizmatlari terrorchilarning IDga aloqasi borligini tasdiqlagan.

AQSh Prezidenti Barak Obama Kaliforniyada 14 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan otishmani "terror hujumi" deb atadi va ikki hujumchini "radikalizmning qorong‘u yo‘llariga kirganlar" deb ta’rifladi.

XS
SM
MD
LG