Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:42

"Biometrik pasport berishni 1 yilga uzaytirish taklifi prezidentga kiritildi"


O‘zbekistonda aholiga biometrik pasport berish jarayonini bir yilga uzaytirish taklifi prezidentga kiritilgani aytildi. Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi buni tasdiqlarkan, masala jiddiy ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. Biometrik pasport berish muddati 2011 yilda boshlangan, shu yilning 31 dekabrida tugashi kerak. Lekin, aholining katta qismi yangi pasportni olishga ulgurmagani aytilmoqda.

O‘zbekistonda aholiga biometrik pasport berish jarayonini bir yilga uzaytirish taklifi prezidentga kiritilgani aytildi. Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi buni tasdiqlarkan, masala jiddiy ko‘rib chiqilayotganini bildirdi. Biometrik pasport berish muddati 2011 yilda boshlangan, shu yilning 31 dekabrida tugashi kerak. Lekin, aholining katta qismi yangi pasportni olishga ulgurmagani aytilmoqda.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining o‘zini tanishtirmagan vakili Ozodlik bilan telefon suhbatida, biometrik pasport berish jarayonini uzaytirish masalasi prezident farmoni bilan hal bo‘lishi, shu kunlarda bu masala jiddiy ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.

- O‘zbekiston Respublikasida prezidentning farmoni bor, 2011 yil 5 yanvarida qabul qilingan. Amaldagi pasport 2015 yil oxirgacha, deb ko‘rsatilgan. Bu jarayonni uzaytirish to‘g‘risida aniq ma’lumot yo‘q. Lekin cho‘zilishi haqida gaplar yuribdi, hali rasmiy hujjat tushgani yo‘q. Cho‘zilishi ehtimoli bor, chunki taklif kiritilgan. Bunga oid farmonni prezident qabul qilishi kerak. Lekin bunday farmon qachon chiqishini ayta olmayman, - dedi Toshkent shahar OVIRi mulozimi.

Ayni paytda viloyatlardan olingan xabarlar ham bu jarayon kelasi yilgacha cho‘zilib ketishi mumkinligiga ishora qilmoqda.

Dushanba kuni Toshkent shahridagi tuman ichki ishlar bo‘limi mutasaddisi Ozodlikka, hatto, biometrik pasport berish jarayoni bir yilga uzaytirildi, deb ma’lumot berdi.

“Jarayon bir yilga uzaytirildi. Bu aniq, gazetada e’lon qilindi”, dedi tuman IIB pasport bo‘limi mulozimi. Ammo, bu xabar qachon va qaysi gazetada chop etilgani haqida ma’lumot bermadi.

Ozodlik bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘ini topolmadi, ammo aksar pasport stollari jarayon bir yilga uzayganini bilvosita tasdiqlamoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi pasport bo‘limiga osilgan e’londa ayrim fuqarolarning biometrik pasport olish uchun kelasi yil 3 yanvaridan kelishi so‘ralgan.

Biometrik pasport olishga ulgurmaganlar jarimaga tortilishi to‘g‘risida o‘tgan hafta paydo bo‘lgan xabar ko‘pchilikni sarosimaga solib qo‘ydi.

O‘zbekistonning ayrim mintaqlarida fuqarolarning 40 foizi pasportini almashtirishga ulgurmagani vaziyatni yanada mushkullashtirmoqda.

O‘tgan oy boshida Ozodlikning ichki ishlar idoralaridagi manbasi fuqarolik pasportini biometrik pasportga almashtirish jarayoni bir yilga uzaytirilishini bildirgan edi.

O‘tgan hafta Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasining Kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi mutasaddisi Internet nashrlari orqali yangi pasport berish jarayoni belgilangan muddat - 2015 yil 31 dekabrida tugashini, ulgurmaganlar jarimaga tortilishini e’lon qildi.

Ko‘pchilik uchun, ayniqsa xorijda yurgan millionlab o‘zbekistonliklar uchun bu masala dolzarb bo‘lgani bois, Ozodlik vaziyatni muntazam kuzatib bormoqda.

Islom Karimov 2009 yil 23 iyunda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonda "biometrik ma’lumotlarga ega pasportlar xalqaro fuqaro aeronavigasiyasi xavfsizligini ta’minlash, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning qalbakilashtirilishiga qarshi himoya darajasini oshirish, davlat chegarasidan o‘tishda shaxsni tezkor va aniq identifikasiyalash mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro aviatashishlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilishi" ta’kidlangan edi.

XS
SM
MD
LG