Линклар

logo-print

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Tramp Amerikaga musulmonlarning kiritilishini mutlaqo taqiqlash kerak, degan bayonotni berib, ham safdoshlari, ham raqiblari tanqidi ostida qoldi.

O‘tgan hafta Kaliforniya shtati San-Bernardino shahrida ikki musulmon terrorchi ijtimoiy xizmat markazida 14 kishini otib o‘ldirganiga munosabat bildirgan Tramp: "Bunday taqiq vakillarimiz u erda nima bo‘lganini aniqlab olgunicha amalda bo‘lishi kerak", dedi.

Oq Uy rahbariyati Trampning bu pozitsiyasi AQSh davlatchiligi qadriyatlariga "mutlaqo zid" ekanini ta’kidladi va bunday harakat "odamlarning qo‘rquvidan o‘z saylovoldi targ‘ibotini kuchaytirish maqsadida foydalanishdir" deb qoraladi.

Demokratlardan prezidentlikka nomzod Hillari Klinton Trampning bu taklifini "nojo‘ya, noxolis va ayirmachi" reja deb baholadi hamda bu yo‘l "bizni yanada xatarga qo‘yadi", dedi.

Amerika-Islom munosabatlari kengashi ijroiya direktori Nihad Avad esa: "Tramp bizning buyuk davlatimizga emas, bir to‘da aqlsiz odamlarga boshchilik qiladigan yetakchiga o‘xshamoqda", deb norozilik bildirdi.

XS
SM
MD
LG