Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:14

Aleksievich: Bizning avlod munosib mamlakat qurish imkoniyatini qo‘ldan boy berdi


Bu yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sohib bo‘lgan Svetlana Aleksievich Stokholmdagi ma’ruzasida o‘zi mansub bo‘lgan avlod 1990-yillarda “iftixorga sazovor mamlakat qurish” imkoniyatini qo‘ldan boy berganini bildirdi.

Bu yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sohib bo‘lgan Svetlana Aleksievich Stokholmdagi ma’ruzasida o‘zi mansub bo‘lgan avlod 1990-yillarda “iftixorga sazovor mamlakat qurish” imkoniyatini qo‘ldan boy berganini bildirdi.

“Mamlakat qanday bo‘lishi kerak – kuchlimi yoki odamlar yaxshi turmush kechiradigan munosib mamlakatmi, degan savol o‘rtaga qo‘yilganda, birinchisini – kuchli mamlakatni tanladilar. Hozir yana kuch hukmron bo‘lgan vaqtdir. Ruslar ukrainlar bilan jang qilmoqda. O‘z birodarlari bilan. Mening otam - belarus, onam - ukrain ayoli. Ko‘pchilikda shunaqa. Rus samolyotlari Suriyani bombardimon qilayapti”, dedi Aleksievich dushanba kuni Nobel mukofoti olish oldidan qilgan ma’ruzasida.

“Mening uch uyim bor – otamning vatani bo‘lgan belarus tuprog‘i, men bu erda butun umrimni o‘tkazdim, onamning vatani bo‘lgan Ukraina, bu erda men tug‘ilganman va buyuk rus madaniyati, usiz men o‘zimni tasavvur qilolmayman. Ularning hammasi men uchun qadrli. Biroq bizning zamonda sevgi haqida gapirish og‘ir”, dedi belaruslik yozuvchi Svetlana Aleksievich.

67 yoshli Aleksievich adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan ayol yozuvchilarning 14-sidir.

XS
SM
MD
LG