Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:25

XVJ Ukraina Rossiyaga qarzlarini to‘lamasa ham Kievga moliyaviy ko‘mak ko‘rsataveradi


Xalqaro valyuta jamg‘armasi suveren qarzini to‘lashni kechiktirayotgan davlatlarga qarz berishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi. Bu haqda seshanba kuni kechga yaqin jamg‘armaning rasmiy vakili Jerri Rays ma’lum qildi.

Mazkur qaror Ukraina Rossiyaga qarzlarini bera olmagan taqdirda ham Xalqaro valyuta jamg‘armasi Kievga inqirozdan chiqarish dasturi asosida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishda davom etishini anglatadi. Rossiya mazkur qarorga qarshi ovoz bergan.

Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov Xalqaro valyuta jamg‘armasining qarori Rossiyaning ziyoniga va Kiev qarzlarni to‘lamaslik imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun qabul qilingan, deb hisoblashini bildirdi.

Ukraina 20 dekabrgacha Rossiyadan bo‘lgan 3 milliard dollar qarzini to‘lashi shart edi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga inqirozdan chiqarish dasturi asosida 40 milliard dollar berishni rejalashtirgan.

XS
SM
MD
LG