Линклар

Rossiya birinchi marta O‘rta er dengizidagi “Rostov na Donu” suv osti kemasidan turib “Kalibr” raketalari bilan Suriyadagi “Islomiy davlat” manzillariga zarba berdi.

Bu haqda 8 dekabr kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezident Vladimir Putinga hisobot berdi. Xabarda aytilishicha, Rossiya zarba berilishi haqida AQSh mudofaa vazirligini oldindan ogohlantirgan. Bu xabarni Pentagon rasmiylari ham tasdiqladi.

Sergey Shoyguning bildirishicha, so‘nggi uch kun ichida Rossiyaning Tu-22 og‘ir bombardimonchi samolyotlari Suriyadagi “Islomiy davlat” manzillariga havodan 60 marta zarba bergan.

Bundan tashqari Rossiya mudofaa vaziri prezident Putinga Turkiya tomonidan urib tushirilgan Su-24 rus harbiy uchog‘i qora qutisini topish uchun Suriya hukumat kuchlari va rus harbiylaridan iborat guruh jo‘natilganini ham aytdi. Vladimir Putin qora quti horijlik ekspertlar ishtirokida tekshirilishi kerakligi haqida ko‘rsatma berdi.

Turkiya Su-24 samolyoti 24 noyabrda Turkiya chegarasini buzib o‘tgani ortidan urib tushirilganini bildirgan. Rossiya esa bu bildiruvni inkor etib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG