Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:12

Ozariy faoli Laylo Yunus shartli ozod etildi


9 dekabr kuni Bokudagi Apellyasiya mahkamasi ozarbayjonlik huquq faoli Laylo Yunusga belgilangan sakkiz yarim yillik qamoq jazosini besh yillik shartli jazoga o‘zgartirdi va uni sud zalidan ozod etdi. Huquq faolining eri Orif Yunusga ham besh yillik shartli qamoq belgilandi. Etti yilga hukm etilgan Orif Yunus o‘tgan oyda shartli ozod etilgan edi.

Apellyasiya mahkamasi Laylo va Orif Yunuslarga qo‘yilgan "hujjatlarni soxtalashtirish" ayblovini olib tashladi. Qolgan ayblovlar bo‘yicha ularga besh yillik shartli qamoq jazosi belgilandi.

Shuningdek, huquq faollarining qizi nomiga olingan kvartiraning konfiskasiya etilishi haqidagi avvalgi sud hukmi bekor qilindi.

Shu yilning yozida Ozarbayjonda davlat qoralvochisi Laylo Yunusni iqtisodiy jinoyatlar, jumladan tovlamachilikda, soliq to‘lashdan bosh tortganlikda hamda noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlikda ayblab, suddan uni 11 yilga, turmush o‘rtog‘i Orif Yunusni tovlamachilikda ayblab 9 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragandi.

59 yoshli Leyla Yunus va uning 60 yoshli turmush o‘rtog‘i Orif Yunus Ozarbayjon hukumatini tanqid qilgani uchun qamoqqa tashlangan faollar va jurnalistlar orasida edi.

Huquq faollari prezident Ilhom Alievni o‘zgacha fikrlovchilar ovozini o‘chirishga harakat qilayotganlikda ayblab keladi.

Leyla Yunus Bokuda Tinchlik va demokratiya instituti tashkiloti asoschisi va rahbaridir. U o‘z faoliyati uchun xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Yunus yillardan beri armanistonlik huquq faollari bilan millatlararo totuvlik masalasidagi loyihalarni amalga oshirib kelgan.

Orif Yunus taniqli tarixchi bo‘lib, Kavkaz mintaqasidagi mojarolarni tadqiq qilish bilan shug‘ullangan. Uning ilmiy izlanishlari asosan Tog‘li Qorabog‘dagi mojaroni o‘rganishga qaratilgan.

Ayni paytda ozarbayjonlik tanliqli jurnalist Xadicha Ismoilova bir yildan beri qamoqda qolmoqda. Bokudagi mahkama sentyabr oyida Ismoilovani 7,5 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm chiqardi.

Sud Ismoilovani tuxmat, soliqdan bo‘yin tovlaganlik, noqonuniy tadbirkorlik bilan shug‘ullanganlik va vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda aybdor, deb topdi. Xadicha Ismoilova Ozarbayjon Prezidenti Ilxom Aliev oilasining biznes imperiyasi haqidagi maqolalari bilan tanilgan jurnalistdir. Kuzatuvchilar va huquq faollari Ismoilovaning qamoqqa olinishi uning kasbiy faoliyati bilan bog‘liq, demoqdalar.

XS
SM
MD
LG