Линклар

Bu ma’lumot erta turmush qurishga majbur bo‘lgan qizlarning muammolariga bag‘ishlab Bishkekda bugun o‘tkazilgan anjumanda ochiqlangani to‘g‘risida Azattiq radiosi xabar qildi.

Inson huquqlari himoyachilari hisob-kitobicha, Qirg‘izistonda har yili 12 ming nafarga yaqin qiz o‘g‘irlanadi. Zo‘rlangan qizlar soni esa 2 ming nafardan ortadi.

BMT hisob-kitobicha, Qirg‘izistonda yiliga qariyb 3 ming xotin-qizga qarshi jinoyat sodir etiladi.

9 dekabr kuni o‘tkazilgan anjumanni Qirg‘iziston Ombudsmani “Bir dunyo Qirg‘iziston” inson huquqlarini himoya qilish harakati bilan hamkorlikda uyushtirdi.

XS
SM
MD
LG