Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:37

Putin qarz to‘lashdan bosh tortayotgan Ukrainani sudga tortish haqida topshiriq berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9 dekabr kungi hukumat majlisida, Ukraina Moskvadan bo‘lgan 3 milliard dollarlik qarzini to‘lamagan taqdirda, uni sudga berish haqida moliya vaziri Anton Siluanovga topshiriq berdi.

Keyinroq Ukraina bosh vaziri Arseniy Yasenyuk: “Agar Rossiya Ukrainani sudga bersa, Rossiya bilan sudda bellashishga tayyormiz”, deya bildirdi.

Bu bayonotlar Xalqaro valyuta jamg‘armasi suveren qarzini to‘lashni kechiktirayotgan davlatlarga qarz berishni taqiqlash to‘g‘risidagi qarorini bekor qilganining ertasiga yangradi.

XVJning mazkur qarori Ukraina Rossiyaga qarzlarini bera olmagan taqdirda ham Xalqaro valyuta jamg‘armasi Kievga inqirozdan chiqarish dasturi asosida moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishda davom etishini anglatadi.

Ukraina hukumati 2013 yilda 3 milliard dollarlik obligasiya chiqarish orqali xorijdan qarz olish haqida qaror chiqargan. Bu qog‘ozlarni Rossiya sotib olgan. Mazkur qarzni to‘lash muddati shu yil oxirida tugashi kerak edi.

XS
SM
MD
LG