Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:55

Taym jurnali Angela Merkelni “Yil odami” deb e’lon qildi


AQShda chiqadigan Taym jurnali tahririyati Germaniya kansleri Angela Merkelni “Yil odami” deb e’lon qildi.

“Yil odami” nomi, Taym jurnali bosh muharririga ko‘ra, tugab borayotgan yilda jahondagi voqealarga ijobiy yoki salbiy ma’noda eng ko‘p ta’sir o‘tkazgan kishiga beriladi.

Bu yil mazkur nom uchun Merkeldan tashqari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, “Islomiy davlat” guruhi rahbari Abu Bakr Bag‘dodiy, AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp hamda afroamerikaliklar haqlari uchun kurashayotgan Black Livs Matter tashkiloti faollari bellashgan.

Germaniya kansleri Angela Merkel nomzodlar ro‘yxatiga joriy yil davomida muntazam ravishda jahondagi asosiy siyosiy va iqtisodiy voqealar markazida bo‘lgani, ayni paytda muhojirlar bilan bog‘liq bo‘hron tufayli qattiq tanqidga uchragani qabatida kiritilgan.

Taym jurnali “Yil odami” nomini 1927 yildan beri har yili dekabr oyida berib keladi.

XS
SM
MD
LG