Линклар

logo-print

Rossiya Suriya shimolida sunniy arablar va turkmanlarga qarshi “etnik tozalash” ishlarini olib borayapti. Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘li ana shunday bayonot berdi.

“Rossiya Suriya rejimini qo‘llamayotgan barcha turkmanlar va sunniylarni shimoliy Latakiyadan haydab solishga urinayapti”, dedi Dovudo‘g‘li chorshanba kuni Istanbulda jurnalistlar oldida qilgan chiqishida.

Turkiya bosh vaziriga ko‘ra, suriyalik mo‘’tadil muxolifatchilar pozisiyalariga zarba berish bilan Rossiya Suriyada “Islomiy davlat” ekstremistik guruhi jangarilarini kuchlantirayapti.

Avvalroq Rossiya va Turkiya bir-birini “Islomiy davlat” guruhidan noqonuniy ravishda neft sotib olganlikda ayblagan.

Ikki davlat o‘rtasidagi munosabat turk uchuvchilari 24 noyabr kuni Turkiya-Suriya chegarasida Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirganidan keyin keskinlashib ketgan.

Anqara rus uchog‘i, ogohlantirishlarga qaramay, o‘z havo hududini buzib kirganini ta’kidlamoqda. Bu ayblovni rad etayotgan Moskva esa Turkiyaga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan.

Rossiya uchoqlari Suriyada 30 sentyabrdan buyon havo zarbalarini amalga oshirib kelmoqda. Moskva bu amaliyotlarda hadaf “Islomiy davlat” guruhi jangarilari va boshqa ekstremistik guruhlar pozisiyalari ekanini bildirgan.

Suriya muxolifati esa Rossiya Bashar Assad rejimiga qarshi mujodaladagi isyonchilarga qarshi kurash olib borayotganini ta’kidlab keladi.

XS
SM
MD
LG