Линклар

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Belgradda bo‘lib o‘tgan Tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston delegasiyasi Afg‘onistondagi urush va Amudaryo va Sirdaryoga yirik suv omborlari qurish rejasini Markaziy Osiyo xavfsizligiga jiddiy tahdid deb baholadi.

Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar tarqatdi.

Global miqyosda¸ xususan¸ Markaziy Osiyoda Orol dengizi qurishi bilan bog‘liq ekologik falokatlarga to‘xtalgan O‘zbekiston delegasiyasi¸ aytilishicha¸ mintaqa daryolarini to‘sib¸ ulkan suv omborlari va GESlar qurish Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimida joylashgan davlatlar uchun halokatli oqibatlarni keltirib chiqarishidan yana bir bor ogohlantirdi.

O‘zbekiston hukumati Tojikistonning Rog‘un¸ Qirg‘izistonning Qambarota GESi qurish rejasiga ko‘pdan qarshilik qilib kelmoqda.

Prezident Karimov bir necha bor bu GESlar qurilishi mintaqada urushga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan.

XS
SM
MD
LG