Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:42

Erdo‘g‘on Iroq Kurdistoni rahbarlari bilan uchrashdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on Anqarada Iroq shimolidagi turk qo‘shinlari masalasida davom etayotgan tortishuvga barham berish maqsadida Iroq Kurdistoni yetakchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Erdo‘g‘on va Kurdiston mintaqasi prezidenti Masud Barzaniy terrorchilikka qarshi kurashda hamkorlik ehtiyoji borligini e’tirof etdi. Turkiya prezidenti Iroq shimoliga turk qo‘shinlarini kiritishdan maqsad kurd Peshmerga kuchlarining Islomiy davlat terrorchilariga qarshi kurashini qo‘llab-quvvatlash ekanini ta’kidladi.

Ikki kunlik Turkiya safari davomida Barzaniy Turkiya Milliy razvedka tashkiloti rahbari Hoqon Fidan bilan ham uchrashdi.

Kurd prezidenti bilan uchrashuvdan so‘ng bayonot bergan Erdo‘g‘on¸ Iroq shimoliga turk qo‘shinlarining kiritilishi Bag‘dod hukumatining 2014 yilgi so‘roviga asosan amalga oshirilgani va bugunga kelib bu masalaning mojaroga asos bo‘layotganidan hayratda ekanini bildirdi.

XS
SM
MD
LG