Линклар

logo-print

Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonasi tarqatgan xabarga ko‘ra¸ O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari Erasmus+ dasturlari doirasida ittifoq tomonidan Markaziy Osiyoga ajratilgan grantlarning 25 foizini yutib¸ bu borada mintaqada birinchilikni egallagan.

Aytilishicha¸ 2015 yil davomida o‘tkazilgan tanlovlarning birlamchi natijalariga ko‘ra¸ Yevropaga O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarining 178 nafar talaba va o‘qituvchisi boradi¸ O‘zbekistonga esa¸ Yevropadan 69 nafar o‘qituvchi va doktorant keladi.

247 nafar oliy o‘quv yurti talaba va o‘qituvchisini qamrab oluvchi bu almashinuv dasturining bahosi 952 ming yevroni tashkil etadi.

Erasmus+ dasturlari doirasida Yevropa Ittifoqiga a’zo 14 davlatdagi 42 universitet O‘zbekistondagi 27 oliy o‘quv yurti bilan hamkorlik qiladi.

2020 yilga qadar Yevropa Ittifoqi maorif va oliy ta’lim¸ yoshlar va sport rivojini qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan Erasmus+ dasturlariga 14 milliard yevro mablag‘ ajratadi.

Yevropa Ittifoqi 2014-2020 yillarga qadar Markaziy Osiyodagi ma’rifiy loyihalarga 1 milliard ajratishni rejalagan¸ shundan 168 million yevroning O‘zbekiston bilan hamkorlikka sarflanishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG