Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:44

O‘zbekiston Davlat gimni qabul qilinganiga 23 yil to‘ldi


10 dekabr - mustaqil O‘zbekiston davlati milliy ramzlaridan biri sanalgan Davlat gimni qabul qilingan kun.

1992 yilning 10 dekabr kuni prezident Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gimni to‘g‘risida”gi qonunga qo‘l qo‘ygan.

Ushbu qonunga muvofiq¸ O‘zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripov she’riga kompozitor Mutal Burhonov bastalagan kuy asosida yaratilgan “Serquyosh hur o‘lkam” qo‘shig‘i mustaqil o‘zbek davlati gimni deb qabul qilindi.

Qonunga muvofiq¸ davlat suvereniteti ramzi bo‘lgan Davlat gimnini bilish va unga ehtirom ko‘rsatish O‘zbekiston fuqarolarining vatanparvarlik burchi sanaladi.

O‘zbekiston gimni davlat telekanallarida har kuni teleradiodasturlar boshlanadigan tonggi soat 6 va ular tugaydigan tungi 12 da efirga uzatiladi.

XS
SM
MD
LG