Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:11

Islom Karimovning Moskva tashrifiga hozirlik bormoqda


O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federasiyasidagi muvaqqat ishonchli vakili Ravshanbek Alimov Islom Karimovning Moskvaga rejalanayotgan navbatdagi safari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojiga yangi turtki bo‘lajagini bildirdi.

Alimovga ko‘ra¸ Shanxay hamkorlik tashkilotining Ufadagi sammiti doirasida Vladimir Putin O‘zbekiston prezidentini Moskvaga taklif qilgan va hozirda ikki davlat diplomatik idoralari ana shu safarga hozirlik ko‘rmoqda.

Ayni paytda¸ o‘zbek diplomati Karimovning qachon Moskvaga kelishini ochiqlamadi.

Ayrim nashrlarga ko‘ra¸ Karimov joriy oy ichi Moskvaga keladi va o‘tgan hafta Moskvada O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasblari bilan ushbu safarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilgan.

Rossiya nashrlariga ko‘ra¸ Karimov-Putinning joriy oy kutilayotgan rasmiy uchrashuvida asosan Afg‘oniston¸ qolaversa¸ Suriya va Iroqdagi urush oqibatida Markaziy Osiyo xavfsizligiga kuchaygan tahdidlar¸ shuningdek¸ iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

XS
SM
MD
LG