Линклар

“O‘zbekenergo” davlat hissadorlik kompaniyasi rasmiysining matbuotga bildirishicha¸ Afg‘oniston shimoliy mintaqalarida elektr quvvatiga nisbatan ehtiyojning oshgani bois¸ Toshkent qo‘shni davlatga elektr sotishni 10 foizga kuchaytirgan.

Ayni paytda¸ o‘zbek rasmiylari elektr quvvatining Afg‘onistonga qaysi narxda sotilayotgani tijoriy sir¸ degan bahonada bu ma’lumotni ochiqlamayotir.

O‘zbekiston 2007 yildan beri Afg‘onistonga elektr sotib kelmoqda. Bu savdoni qulaylashtirish va elektr uzatishdagi uzilishlar oldini olish maqsadida ikki katta loyiha amalga oshirilgan¸ xususan¸ Surxondaryo viloyatini Afg‘onistonning Hayraton mintaqasi bilan bog‘lovchi yangi liniya qurib bitirilgan.

O‘zbekiston 2015 yilda o‘z qo‘shnilariga soatiga bir yarim milliard kilovat elektr energiyasi sotgan ayni paytda¸ mamlakatning aksar hududidagi aholi qishni elektrsiz o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG