Линклар

Eron sog‘liqni saqlash vaziri Hasan Hoshimiyning bildirishicha¸ mamlakat bo‘ylab tarqalgan cho‘chqa grippi oqibatida bir oy ichida kamida 42 odam nobud bo‘lgan.

Hoshimiyning 10 dekabr kuni aytishicha¸ o‘lganlarning 33 tasi janub-sharqiy Kerman mintaqasi aholisidir. Hozirda bu hududda yana kamida 600 odamning cho‘chqa grippi tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgani aytilmoqda.

Tehron rasmiylari aholini cho‘chqa grippining boshqa mintaqalar¸ xususan¸ Ozarbayjonga tutash Kermanshoh mintaqasiga ham yoyilishidan ogohlantirmoqda.

XS
SM
MD
LG