Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:17

Gruziya Rossiya harbiylarini o‘z havo hududini buzganlikda aybladi


Gruziya Mudofaa vazirligi 10 dekabr kuni e’lon qilgan bayonotga ko‘ra¸ Rossiyaning Mi-8 rusumidagi harbiy vertolyoti 8 dekabr kuni Janubiy Osetiya hududiga o‘tgan va bir necha daqiqadan so‘ng Gruziya havo hududini tark etgan.

Bu voqeani fitna sifatida baholagan Gruziya tomoni¸ Rossiya harbiylarining bunday harakati mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka tahdid ekanini ta’kidladi.

Hozircha Moskva bu bayonotga munosabat bildirmadi.

Rossiya 2008 yili Gruziya bilan besh kunli urushdan keyin o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan olgan va ikkala separatchi mintaqa hududiga o‘z qo‘shinlarini joylashtirgan.

XS
SM
MD
LG