Линклар

logo-print

O‘zbekistonning sobiq 617 fuqarosiga Qirg‘iziston fuqaroligi berildi.

Prezident Almazbek Atambaev 710 odamga Qirg‘iziston fuqaroligini berish to‘g‘risidagi Farmonni imzolagani haqida 11 dekabr kuni qirg‘iz ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Mazkur Farmonda fuqarolikka qabul qilinganlarning 617 nafari o‘zbekistonlikdir. Ularning asosiy qismi O‘zbekistonning Andijon, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlarida tug‘ilib, o‘sha erda yashagan etnik qirg‘izlardir.

Qirg‘iziston fuqaroligini olgan sobiq o‘zbekistonliklarning 41 nafari o‘zbek millatiga mansub. Shuningdek, fuqaroligini almashtirganlar orasida shu kungacha O‘zbekistonda yashab kelgan bir necha uyg‘ur, tojik, tatar va koreys millatiga mansub 20 nafardan ortiq shaxs nomi ham keltirilgan.

XS
SM
MD
LG