Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:05

Turkiya prezidenti Iroqdan turk harbiylari chiqarilmasligini bildirdi


Turkiya prezidenti Rejab Toyyip Erdo‘g‘on o‘z mamlakati Iroqdagi harbiylarini chaqirtirib olmasligini bildirdi.

10 dekabr kuni bu haqda jurnalistlarga gapirgan Erdo‘g‘on, turk harbiylari Iroqda instruktor maqomida ekani va ular 2014 yilda Iroq Bosh vaziri haydar Abodiy iltimosi bilan mamlakatga kiritilganini bildirdi.

Biroq Iroq Bosh vaziri Kurdiston muxtoriyatiga o‘tgan haftada 130 nafar turk harbiysining kiritilishiga keskin norozilik bildirdi. Iroq hukumatining bildirishicha, Turkiya bu harakatini Bag‘dod bilan muhokama qilmagan. Xabarlarda aytilishicha Iroq Kurdistonining Mosul shahriga kiritilgan turk harbiylari iroqlik kurd janggarilarini jangovar tayyorgarlikdan o‘tkazadi.

Erodo‘g‘on bu masalada 21 dekabr kuni Turkiya, AQSh va Iroqning yarim muxtor Kurdiston mintaqasi hukumatlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG