Линклар

O‘zbekiston energetika sohasida 2020 yilgacha umumiy qiymati 8 milliard 900 million bo‘lgan 33 sarmoyaviy loyihani amalga oshirishni rejalamoqda. Bu haqda payshanba kuni “Turkiston press” axborot agentligi xabar tarqatdi.

“O‘zbekenergo” davlat hissadorlik shirkatiga tayangan holda tarqatilgan xabarda aytilishicha, 2010 yilgacha 15ta GES modernizasiya qilinadi va ta’mirlanadi. Buning natijasida GESlarning ishlab chiqarish quvvati 200 MVtga oshadi va qo‘shimcha 600 million kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi. Mutaxasislar buning ortidan yiliga 250 million kubometr tabiiy gaz iqtisod qilinishini aytmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston mahalliy matbuoti 2020 yilgacha 9ta yangi gidroenergetika inshooti barpo etilajagi haqida xabar tarqatgandi. Bu borada O‘zbekiston hukumati 16 noyabrda qaror qabul qilgan.

Qarorda Chirchiq-Bo‘zsuv traktida “Kamolot”, Oqsaroy daryosida Nanay, Oqdaryo - Oqsuv o‘zanida Tamshush, Tanxizidaryoda Dektar katta GESlarini qurish nazarda tutilgan. Bu GESlarning umumiy quvvati 23,5 MVTni tashkil qiladi va yiliga 116,9 million kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Bundan tashqari Tuyabo‘g‘iz suv omborida, Katta Farg‘ona kanalida, Ohangaron daryosida, Darg‘om kanalida, To‘polongdaryoda beshta kichik GES qurilishi rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG