Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:53

Serb Respublikasi Bosniya polisiyasi bilan hamkorlikdan bosh tortdi


Bosniya va Gersogovinaning muxtor o‘lkasi hisoblanadigan Serb Respublikasi harbiy jinoyatchilarni qo‘lga olish hamda tergov qilish masalasida Federal davlat sudi, prokuraturasi va polisiyasi bilan hamkorlik qilishni to‘xtatadi.

Serb Respublikasi hukumati 10 dekabr kuni polisiya 1992-1995 yillarda Bosniyaga qarshi urushda harbiy jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab besh etnik serbni qo‘lga olganidan so‘ng mana shunday bayonot tarqatdi. Mahalliy parlament hukumatning bu qarorini qo‘llab-quvvatladi.

Bosniya milliy sudining muxtoriyatdagi vakolatlarini qisqartirish masalasida referendum o‘tkazishga tahdid qilayotgan Serb Respublikasining mazkur qadami 20 yil avvalgi urushdan so‘ng paydo bo‘lgan Bosniya va Gersogovina ittifoqi yahlitligiga rahna solishi mumkinligi G‘arb davlatlarini tashvishlantirmoqda.

Yugoslaviya Federativ sosialistik respublikasining tarqalib ketishiga sabab bo‘lgan Bolqon urishidan so‘ng Bosniya va Gersogovina ikkita muxtor sub’ekt- musulmon-xorvat federasiyasi va Serb Respublikasi ittifoqidan tashkil etilgan edi.

XS
SM
MD
LG