Линклар

logo-print

Ukraina Oliy Radasi xorijiy davlat parlamentlari, Yevroparlament deputatlari va xalqaro parlament assambleyasi a’zolarini Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi.

Ukraina xalq deputatlari qabul qilgan qarorda Rossiya tomoni Ukraina hududida teraktlar uyushtirishda ayblangan.

"Rossiya Federasiyasidan Ukrainaga nisbatan agressiyani to‘xtatishni, ukrainalik siyosiy mahkumlar va garovda ushlab turilganlarni zudlik bilan hech bir shartsiz ozod qilinishini, xalqaro terrorchilik amaliyotlaridan voz kechishini talab qilamiz", deyiladi Ukraina deputatlari qarorida.

Shuningdek, mazkur hujjatda Rossiya tomonidan okkupasiya qilingan Ukraina hududlaridagi vaziyat bo‘yicha xalqaro monitoringni jonlantirish so‘ralgan.

XS
SM
MD
LG