Линклар

logo-print

“O‘zbekistonda tug‘ilishni kamaytirishga qaratilgan harakatlar boshlanganiga ancha bo‘lgan. Dastlab ishni ayollarga spiral qo‘yishdan boshlaganlar, spiralni hatto dalada qo‘yishgan”. Bu gaplarni OzodNazarning bugungi mehmoni, andijonlik vrach Gulbahor To‘rayeva kelasi yilga berilgan nomni sharhlayotib aytdi.

O‘z oldiga shifokorlar huquqlarini himoya qilishni maqsad qilib qo‘ygan “Animakor” tashkilotiga asos solgan andijonlik vrach Gulbahor To‘rayeva 2005 yil, may voqealarida yuzlab odam o‘lgani haqida ommaviy axborot vositalariga birinchilardan bo‘lib xabar bergan edi.

2007 yilning aprelida Andijon viloyati jinoyat ishlari sudi Gulbahor To‘rayevani 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilgan. Sud uni konstitusiyaviy tuzumga tajovuz qilish, jamoat tartibiga tahdid soluvchi adabiyotlar tarqatish va tuhmatchilikda aybdor topgan.

O‘sha yilning iyunida viloyat sudi G.To‘rayevaga belgilangan 6 yillik qamoqni shartli jazoga o‘zgartirib, huquq himoyachisini uch yillik sinov muddati bilan qamoqdan ozod etgan.

Gulbahor To‘rayeva shu kunda O‘zbekistondan tashqarida yashamoqda.

Gulbahor To‘rayevaning OzodNazari:

XS
SM
MD
LG