Линклар

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Turkmaniston poytaxti Ashxobodga safar qilmoqda.

Tashrif davomida Karimov turkmanistonlik hamkasbi Qurbonquli Berdimuhammadov bilan ikki taraflama aloqalarni rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muxokama etishi kutilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti, shuningdek Ashxobodda "Neytralitet siyosati: Tinchlik, xavfsizlik va taraqqiyot yo‘lidagi xalqaro hamkorlik", deb nomlangan anjumanda qatnashadi.

Inson huquqlari faollariga ko‘ra, o‘zbek-turkman chegarasida viza muammolari saqlanib qolmoqda.

Chegaraoldi xududlarida yashovchi aholining ikki mamlakat chegarasidan o‘tishlari qiyinlashgan.

Ammo, ikki prezident Ashxoboddagi uchrashuvlari chog‘ida bu masalalarni muhokama etishi yo etmasligi borasida ma’lumot yo‘q.

XS
SM
MD
LG