Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:10

Kobulda Ispaniya elchixonasiga hujum qilindi


Kobulda Ispaniya elchixonasiga qilingan hujum oqibatida ispaniyalik ikki qo‘riqchi halok bo‘ldi.

Tolibon janggarilari amalga oshirgan hujumdan yana to‘rt afg‘onistonlik nobud bo‘lgani, olti odam yaralangani aytilmoqda.

Ispaniya ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, elchixonaga hujum qilgan to‘rt qurollining barchasi o‘ldirilgan.

Avval hujumchilar etti nafar bo‘lgani aytilayotgandi.

Juma oqshomida Ispaniya elchixonasi oldida ichiga bomba o‘rnatilgan mashina portlatilgan edi. Shundan so‘ng janggarilar bino ichkarisiga bostirib kirishgandi.

Elchixona qo'riqchilari va janggarilar o‘rtasida otishma shanba tonggiga qadar davom etgan.

XS
SM
MD
LG