Линклар

Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari hajmi 2015 yilning uchinchi choragida qariyb uch baravar kamaygan.

O‘tgan yilning ayni davrida Rossiyadan O‘zbekistonga 2 milliard AQSh dollaridan ko‘proq pul o‘tkazilgan bo‘lsa bu yil mazkur raqam 700 million dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, Rossiyadan Ukraina, Tojikiston kabi mamlakatlarga ham pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli kamaygan, - deb xabar berdi Rambler agentligi.

So‘nggi oylarda Rossiyada rubl qadri AQSh dollariga nisbatan qariyb ikki baravar pasaydi. G‘arb sanksiyalari Rossiya iqtisodida o‘z aksini ko‘rsatmoqda.

Aynan shu omillar Rossiyadan tashqariga pul jo‘natmalari oqimining kamayishiga ta’sir qilganini aytishadi tahlilchilar.

XS
SM
MD
LG