Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:04

Bishkek sudi “13-hudud” filmi namoyishini taqiqladi


Bishkekning Oktyabr tuman sudi qirg‘iz-qozoq ijodiy guruhi hamkorlikda tasvirga olgan “13-hudud” badiy filmining Qirg‘iziston hududida namoyish etilishini taqiqladi. Bunday qarorga Ayko‘l Alato‘o‘ tashkiloti arizasi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Tashkilot iddaosicha, mazkur filmda 2010 yil 7 aprel inqilobi hamda O‘sh voqealari chog‘ida odamlarga psixotrop moddalar berilgan degan yolg‘on ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Biroq film mualliflari kinoning Qirg‘izistondagi voqealarga aloqasi yo‘qligini aytishmoqda.

“13-hudud” nomli badiy filmni Qirg‘izistonda namoyish etilishini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni Oktyabr tuman sudining sudyasi Aida Jo‘shtiyeva 10 dekabr kuni, filmning taqdimot kunida imzolagan.

Bunga Ayko‘l Alato‘o‘ jamoatchilik tashkilotining arzi sabab bo‘lgan. Tashkilot rahbari, qirg‘iz parlamentidagi Qirg‘iziston sotsial-demokratlar partiyasi deputati Merbek Miskenbaev da’vosicha, mazkur filmda 2010 yil aprel va O‘sh voqealarida vafot etganlar psixotrop dori iste’mol qilgan degan fikr uyg‘otadi.

“7 aprel va O‘shdagi voqeada odamlarga psixotropik dorilar berilgan”, - degani bizga asos bo‘ldi. Kinoda apreldagi xalq inqilobiga shubha tug‘dirmoqda, xalqning birligiga xavf solyapti va shuning asosida biz sudga “Bu kino Qirg‘iziston hududida namoyish etilmasin” deb murojaat qildik, - deydi Merbek Miskenbaev.

Uning aytishicha, tashkilot vakillari kinoni to‘laligicha ko‘rmagan. Sudga murojaat qilishga internetda elon qilingan qisqa anonsigina etarli bo‘lgan.

Aytish joizki, filmning internetda e’lon qilingan anonsida Aprel va O‘sh voqealari chog‘ida psixotrop moddalar qo‘llanilgani va buni qo‘llash orqali Qozog‘istonda ikkinchi O‘sh voqeasini uyushtirish mumkinligi aytiladi.

Ayni paytda, “13-hudud” badiy filmning prodyusseri Shayirbek Mamato‘qto‘rov shoshma-shosharlik bilan chiqarilgan sud qarori va arzlanuvchilar da’vosi sabablarini tushunmayotganini aytadi.

Unga ko‘ra, filmning 7 aprelga ham O‘sh voqealariga ham aloqasi yo‘q.

- Filmning aprel voqeasi yoki boshqa bir voqeaga hech qanday aloqasi yo‘q. Kinoning g‘oyasi qozoq fuqarolari, Qozog‘istonda istiqomat qiluvchilar. Ukraina yoki Qirg‘izistondagiday voqealar bizda bo‘lmasin deb o‘zlarining madaniyat vazirligi zakazi bilan, o‘sha yerda ssenariyni tasdiqlatib keyin tasvirga olingan kino. U yerda “Aperl va O‘sh voqealari bo‘lmagan”, deb yashirib yuraversak, kasalni yashirsang o‘limi oshkor bo‘ladi, -deydi Shayirbek Mamato‘qto‘rov.

Badiy film mualliflari Ayko‘l Alato‘o‘ arzini rad etgani bilan filmda psixotropik moddalar to‘g‘risida so‘z borishini inkor qilishmaydi.

Filmning mazkur epizodlar “Qirg‘izfilm” fondi iltimosi bilan kinodan olib tashlangan. Kinorejissyor Temir Birnazarovga ko‘ra, bu kabi baxsli filmlar xalqqa namoyish etilishidan avval mazmuni to‘laligicha tekshirilishi kerak.

Unga ko‘ra, bu yerda kino mualliflari emas “Qirg‘izfilm” fondi aybdor.

- Qirg‘izprokatni jazolash kerak. Negaki o‘shlalar filmlarni ko‘radi va o‘shalar javob beradi. Filmning g‘oyaviy, diniy mazmuni yoki milliy nizo keltirmasligi, mamlakatimiz yaxlitligiga xavf tug‘dirmasligiga o‘shalar javobgar. Ular film namoyishiga ruhsat berganidan keyin javobgar ham ular bo‘ladi. Bu yerda prodyuser yoki boshqa birovning aybi yo‘q, -deydi Temir Birnazarov.

“13-hudud” badiy filmini qirg‘iz-qozoq hamkorlikdagi ijodiy guruh suratga olgan. Filmni tasvirga olish ishlarida Tailand, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi voqealardan foydalanilgan.

Mualliflarga ko‘ra, filmni tasvirga olish ishlariga qariyb 250 ming dollar pul sarflangan. Bunga qadar ayrim matbuot nashrlari filmning tasvirga olinishi ortida Qirg‘izistonning qochqinlikda yurgan sobiq prezidenti Qurmonbek Bakiyev turganini e’lon qilgandi. Biroq mualliflar bu iddaoni inkor qilishgan.

XS
SM
MD
LG