Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:06

Parijdagi iqlim o‘zgarishi anjumanida yakuniy hujjat qabul qilindi


Parijda iqlim o‘zgarishi oldini olish bo‘yicha xalqaro anjumanda 190 mamlakat vakillari qariyb ikki hafta davom etgan muzokaralar ortidan bir to‘xtamga kelishgan va anjumanning yakuniy bitimini tasdiqlashgan.

Kelishilgan loyiha matni tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

Bitimning olti tilga tarjima etilishi va Fransiya prezidenti Fransua Olland va BMT Bosh kotibi Ban Ki Munlar tarafidan bugun e’lon qilinishi kutilyapti.

Parij anjumani dunyo tarixida ilk bor global miqyosda chiqindi gazlar miqdorini kamaytirishni majburiy qilib belgilash borasida kelishuvga erishish maqsadida o‘tkazildi.

XS
SM
MD
LG