Линклар

Saudiya Arabistonida bugun o‘tkazilayotgan mahalliy saylovlarda mamlakat tarixida ilk bor ayollar ham ishtirok etmoqda.

Ayollarga, shuningdek, saylovda nomzodini ilgari surishlariga ham ruxsat berildi.

Bugungi saylovlarda mamlakat bo‘ylab 130 ming ayolning ovoz berishi kutilyapti.

Saylovda qatnashayotgan erkaklar soni esa 1 million 350 mingdan oshadi.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni hanuz xotin-qizlarning mashina haydashlariga izn bermay kelayotgan dunyodagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda.

XS
SM
MD
LG