Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:57

Moskvada "Yabloko" lideri hibsga olindi


Moskvaning Pushkin maydonida "Yablokо" lideri Sergey Mitroxin, partiya rahbariyatining yana bir a’zosi Anton Antonov-Ovseenko va boshqa faollar hibsga olingan.

Rossiya muxolifati Konstitutsiya kuni munosabati bilan 12 dekabr kuni Moskva markazida norozilik piketiga yig‘ilayotgandi.

Ammo, hukumat “O‘zgarishlar marshi” deb nomilangan aktsiyaning o‘tkazilishiga ruxsat bermagan.

Norozilik aktsiyasi tashkilotchilari esa shahar hokimiyatidan olingan javob xatida tadbir rad etilgani aniq yozilmaganini aytishadi.

Namohyishchilar Pushkin maydonidan Saxarov maydonigacha yurish qilishni rejalashgandi.

Tadbirda PARNAS, "Yabloko", "Fuqarolik tashabbusi" harakati faollari qatnashishi kutilayotgandi.

XS
SM
MD
LG