Линклар

logo-print

RIA-Novosti agentligining ma’lum qilishicha, prezident Islom Karimov Afg‘onistondagi vaziyatdan tashvish bildirgan.

O‘zbekiston prezidenti Afg‘onistondagi vaziyatga doir o‘z ko‘z qarashlarini Ashxobodda 12 dekabr kuni Turkmaniston betaraflik maqomi tan olinganining 20 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanda bayon qilgan.

Islom Karimovning aytishicha, "xalqaro koalitsiyaning Afg‘onistondan chiqarilishi mintaqadagi vaziyatni yanada og‘irlashtirdi".

Islom Karimov O‘zbekiston hududida xorijiy bazalarning joylashtirilishiga izn bermasligini yana bir bor ta’kidlagan.

U yana bir bor mamlakati hech qanday harbiy-siyosiy ittifoqlarga qo‘shilmasligini bildirgan.

Xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistondagi vaziyatga e’tibor qaratishga chaqirgan O‘zbekiston prezidentiga ko‘ra, "Afg‘onistondan harbiylarning olib chiqilish va bu mamlakatga moliyaviy yordam ko‘rsatilishi kamayishi vaziyatni yanada yomonlashtirdi".

"Terrorchilikni rag‘batlantiruvchi hamda moliyalashtiruvchi markazlar vujudga kelgan va ular jazolanmay qolmoqda", deb aytgan O‘zbekiston prezidenti.

AQSh yetakchiligidagi xalqaro kuchlar 2014 yil dekabrida Afg‘onistondan chiqib ketgan edi.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, o‘tgan davr davomida mamlakatning deyarli barcha nuqtalarida isyonchilar faolligi kuzatildi.

XS
SM
MD
LG