Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:23

Gambiya prezidenti mamlakatini "Islomiy davlat", deb e’lon qildi


Gambiya prezidenti Afrika g‘arbidagi ushbu kichik mamlakatni "Islomiy davlat", deb e’lon qildi.

"Mamlakat o‘zining Islomiy huvviyati va qadriyatlariga tayangan holda men Gambiyani Islomiy davlat, deb e’lon qilaman," dedi prezident Yahyo Jammeh 12 dekabr kuni.

Nufuzi 1,8 million bo‘lgan Gambiya aholisining 90 foizga yaqinini musulmonlar tashkil etadi.

Mamlakat Britaniyadan 1965 yilda o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan.

Ammo prezident bayonoti Gambiya qonunlari yoki mamlakat konstitutsiyasining dunyoviy maqomini o‘zgartirishga qaratilmagan.

Jammeh Gambiya nasroniylari haqlariga hurmat ko‘rsatilishi va kiyim masalasida majburlash bo‘lmasligini aytdi.

"Biz o‘z fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hurmat qilgan Islomiy davlat bo‘lamiz, - dedi u. – Men hech kimni Islomiy politsiyachi etib tayinlaganim yo‘q. Ayollarning qanday kiyinishi bilan ishimiz yo‘q."

XS
SM
MD
LG