Линклар

logo-print

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenka 12 dekabr kuni Turkiya va Rossiyani murosaga kelishga va o‘rtadagi inqirozni tinch yo‘llar bilan hal qilishga chaqirdi.

"Bu janjalli dunyoda xatolardan qochib bo‘lmaydi. Ammo ularni bo‘rttirish emas, hal qilish kerak," dedi u Ashxobodda o‘tgan mintaqa rahbarlarining yig‘inida.

"Agar xato qilsangiz, uni tan olib, murosa qilish va vaziyatni tinchlantirish uchun yon berishlarga borishingiz kerak," dedi Lukashenka.

Turkiya kuchlari 24 noyabrda Suriya chegarasi yaqinida Rossiya qiruvchi uchog‘ini urib tushirishi ortidan Moskva va Anqara munosabatlari o‘ta sovuqlashdi.

Rossiya Turkiyani jazolash uchun qator iqtisodiy sanksiyalarni kiritgan.

Ashxoboddagi yig‘inda Turkiya prezidenti ham chiqish qilgan, ammo Rossiya-Turkiya munosabatlariga to‘xtalmagan.

XS
SM
MD
LG