Линклар

Rossiya harbiy kemasi "Smetliviy" 13 dekabr kuni Egey dengizida o‘q otar quroldan turk baliqchilariga qarata o‘t ochdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bu ogohlantirish baliqchilar kemasi bilan to‘qnashmaslik maqsadida amalga oshirilgan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya harbiylari turk baliqchilari kemasi "Smetliviy" harbiy kemasiga 600 metr masofaga yaqinlashgan paytda o‘t ochganlar.

"Ko‘plab urinishlarga qaramasdan, turk kemasi ekipaji Rossiya dengizchilari bilan radio aloqaga kirmadi va maxsus vizual signallarga javob bermadi", – deya ta’kidladi Rossiya Mudofaa vazirligi.

Bir necha o‘q uzilgach, turk kemasi o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan.

Talafotlar haqida ma’lumot yo‘q.

Hodisa ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiya harbiy attashesini vazirlikka chaqirgan.

XS
SM
MD
LG