Линклар

Rossiyaning Voronej viloyati Novoxopersk tumanida joylashgan psixonevrologiya internatida yuz bergan yong‘in natijasida 23 odam halok bo‘ldi.

Yakshanba kuni yuz bergan yong‘in sabablarini tergov qilish maqsadida hukumat komissiyasi tashkil etildi. Xabarlarga qaraganda, internatda 140 odam parvarishlangan. Yong‘in chiqqan binoda 74 odam bo‘lgan. Ularning 30 nafari mutlaqo harakat qila olmaydigan odamlar edi. O‘t o‘chiruvchilar binodan 55 odamni olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.15 odam turli jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Rossiyada bundan avval ham yaroqsiz holatga kelgan binolarda joylashgan pisxonervologiya muassasalarida yong‘in chiqqan. 2013 yilning aprel va sentyabr oylarida Rossiyaning ikki viloyatida psixonervologiya muassasasining yonib ketishi oqibatida 75 odam halok bo‘lgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin fojeada halok bo‘lganlarning oila a’zolariga ta’ziya bildirdi.

XS
SM
MD
LG