Линклар

logo-print

O‘zbekiston huquq –tartibot tuzilmalari o‘tgan yili 1208 kishi odam savdogarlaridan jabrlanganini aniqladi. Bu haqda bugun 12news.uz nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, odam savdosidan jabrlanganlarning 143 nafaridan O‘zbekistonning o‘zida qul sifatida foydalanilgan. Qolganlari esa xorij o‘lkalariga olib chiqib ketilgan. O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2014 yilda odam savdosidan jabrlangan 368 o‘zbekistonlik uylariga qaytarilgan.

Ushbu ma’lumotlarni tarqatgan nashrning bildirishicha, Toshkent viloyatidagi Qibray tuman bosh imom xatibi vazifasini bajaruvchi M. Mirjalilov ommaviy axborot vositalaridan biriga yozgan “Baxt izlagan baxtsizlar” maqolasida o‘quvchilarni chalg‘itib, 2008 yildagi ma’lumotlarni 2015 yilning 9 oyiga mansub qilib ko‘rsatgan.

12news.uz imom xatib maqolasida keltirgan raqamlar noto‘g‘ri ekanini aytib,raddiya bergan.

“Baxt izlagan baxtsizlar” maqolasida 2015 yilning 9 oyida 1449 o‘zbekistonlik odam savdosi qurboni bo‘lgani aytilgan edi.

12news.uz nashri 2013 yilda 1392 nafar o‘zbekistonlik odam savdogarlaridan jabrlangani haqidagi ma’lumotni ham keltirgan.

XS
SM
MD
LG