Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:48

Pokistondagi terror hujumi qurbonlari soni 24 kishiga yetdi


Pokistonning Afg‘oniston chegarasiga yaqin joylashgan Parachinar shahrida 13 dekabr kuni sodir etilgan portlashda halok bo‘lganlar soni 24 kishiga yetdi. Yaralanganlar soni 70 kishidan oshgan.

Kecha Parachinar shahri bozorida sodir etilgan mazkur portlashda 12 kishi halok bo‘lgani va 30 kishi yaralangani xabar qilingan edi.

Portlash uchun mas’uliyatni taqiqlangan Lashkari Jangvi guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu guruhning mafkurasi “Islomiy davlat” guruhinikiga o‘xshashdir.

Kurram viloyatining asosiy shahri hisoblangan Parachinar so‘nggi yillarda shia va suniy musulmonlar nizolashayotgan shaharlardan biriga aylangan. Bu erda turli terror harakatlari tez-tez sodir etib turiladi.

XS
SM
MD
LG