Линклар

Saudiya Arabistoni tarixida birinchi marta ayol kishi Makka shahar kengashi deputatligiga saylandi.

​Qirollik saylov komissiyasi 12 dekabr kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Salma bint Hizab al Otaybi deputatlik mandatiga ega bo‘lganini ma’lum qilgan.

Saudiya Arabistonida birinchi marta ayollarga saylovda ovoz berish va saylanish huquqi berildi. Shanba kuni o‘tgan saylovda 980 ayol deputatlikka nomzod sifatida qatnashgan. Bu deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning o‘ndan birini tashkil qiladi.

Deputatlikka nomzod ayollarga erkak saylovchilar bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazishga ruxsat berilmadi. Saylov kuni ayollar erkaklardan alohida ovoz berdi. Saudiyada 130 ming ayolga saylov huquqi berilgan. Ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan erkaklar soni esa bir million uch yuz ming kishini tashkil qiladi.

Saudiya Arabistoni shu kungacha ayollarga saylash va saylanish huquqi berilmagan yagona davlat bo‘lib qolayotgan edi.

XS
SM
MD
LG