Линклар

logo-print

Anqara Moskva bilan aloqalarida tanglikka intilmaydi, deya bayonot berdi Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li.

13 dekabr kuni Rossiya Mudofa vazirligi Egey dengizida Rossiya harbiy kemasi turk baliqchi kemasiga qarata ogohlantiruvchi o‘q uzganini ma’lum qilgandi.

Chavusho‘g‘lining ta’kidlashicha, Anqara har doim kelishmovchiliklarni mojaro emas, balki dialog yo‘li bilan hal qilish tarafdori bo‘lib kelgan.

Turk kemasi kapitani Muzaffer Gechijining “Do‘g‘an” axborot agentligiga bildirishicha, uning kemasi na o‘q ovozi va na Rossiya harbiy kemasining yaqinlashganini eshitgan.

13 dekabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi harbiy attashsesini vazirlikka chaqirganini bildirdi.

"Turk harbiy diplomati Rossiya harbiy kontingentiga nisbatan rasmiy Anqara tomonidan o‘ylamay qilingan amallarning halokatli oqibatlari haqida keskin tarzda ogohlantirildi …", - deya ta’kidladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.

O‘tgan oy Suriya chegarasi yaqinida Turkiya Rossiya qiruvchi uchog‘ini urib tushirishi ortidan Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi aloqalar sovuqlashdi.

Anqara Rossiya harbiy uchog‘i Turkiya havo hududini buzganini aytadi, ammo Moskva bu ayblovni rad etadi.

XS
SM
MD
LG