Линклар

Шошилинч хабар
10 май 2024, Тошкент вақти: 13:41

Ulkan troll yili


Yil davomida Rossiya bombardimonchilari, harbiy kemalari va suv osti kemalari ig‘vogarlik bilan NATOga a’zo mamlakatlarning suv va havo hududlariga bir necha marta kirdi.

Yil oxirida esa Turkiya havo kuchlari Su-24 harbiy uchog‘ini urib tushirganidan keyin Rossiya nihoyat loyiq javob oldi.

Moskva va Anqara o‘rtasida keskin ziddiyat keltirib chiqargan bu hodisaning oldini olib bo‘lmas edi, desak xato bo‘ladi. Ammo bunday bo‘lishini kutish mumkin edi. Moskva dunyoning bir necha jabhasida juda uzoq paytdan beri trollik qilib keladi. Shuning uchun ertami, kechmi qaerdadir olovli janjal chiqishi muqarrar edi.

Kremlni kuzatib boruvchi mutaxassis Endryu Kornblat “Atlantika kengashi” ilmiy markaziga yozgan sharhlarida Putin Rossiyasi bezori mamlakatdan ko‘ra ko‘proq “troll mamlakatga” o‘xshashini aytdi.

Kornblat Rossiyaning maqsadi “G‘arbning jig‘iga tegish va rossiyaliklarni xursand qilish” va shu bilan birga siyosiy elitaning manfaatlarini ko‘zlash ekanini bildirdi.

Rossiya 2015 yil jadallalik bilan trollik qila boshladi.

Kreml trolligi turli hil ko‘rinish olib kelmoqda.

Havodagi provokatsiyalardan tashqari bir necha kiber hujum amalga oshirildi. Bu hujumlar turli tashkilotlarni, jumladan, farang televideniye tarmog‘i, Germaniyada po‘lat ishlab chiqaruvchi shirkat, Varshava birjasi, Oq uy, AQSh Kongressi vakillar palatasi, AQSh tashqi ishlar vazirligi hamda The New York Times gazetasini mo‘ljalga oldi.

Bundan tashqari, o‘z mamlakatidan o‘g‘irlab ketilgan uch xorijiy asir – Estoniya xavfsizlik politsiyasi xodimi Eston Koxver, Ukraina havo kuchlari uchuvchisi Nadejda Savchenko hamda ukrainalik rejissyor Oleg Sentsov – xo‘jako‘rsinga qilingan mahkamalarga tortildi va ularga ahmoqona ayblovlar qo‘yildi.

Bulardan faqat Koxver ozodlikka chiqarildi.

Bundan tashqari, bu yil Rossiya sovet armiyasida xizmat qilishdan bosh tortgan Litva fuqarolariga qarshi jinoiy ishlarni ochdi. Mamlakat hatto Vilnyusdagi rasmiylarni bunday shaxslarni topishda va ekstraditsiya qilishda yordam berishga chaqirdi.

Tabiiyki, Rossiyaning bu iltimosi rad etildi.

Evropada esa Kreml turli ekstremistu bezorilar, jumladan, ayirmachilar, neofashistlar hamda kommunistlar e’tiborini qozonishga urinib va ularni turli xil darajada qo‘llab kelmoqda.

Yaqinda chop etilgan “Ukraina bo‘hroni G‘arb uchun nimani anglatadi” kitobi muallifi Endryu Uilson Kreml “ham so‘l qanotga, ham o‘ng qanotga, millatchiyu ayirmachilarga, ham an’anaviylik, ham postmodernizm tartafdorlariga ta’sir ko‘rsatishni xohlashda hech qanday ziddiyat ko‘rmaydi”, chunki bu guruhlarning barchasi Evropaga ziyon keltirishini aytadi.

“Kreml o‘zini konservativ kuchdek ko‘rsatsa-da, unda hozir targ‘ib qilish uchun birorta yagona mafkura yo‘q. Aslini olganda, hozir unda umuman ideologiya yo‘q. Kreml hamma o‘yinchi bilan ishlashga o‘rganib qolgan”, deb yozdi Uilson.

Har qanday troll kabi Moskva ham tovlamachilik ustasi bo‘lib, har doim o‘zini aslidan boshqacha qilib ko‘rsatadi.

2015 yil boshida Rossiya o‘zini Ukrainada sodir bo‘layotgan urushda murosaga keltiruvchi qilib ko‘rsatadi. Aslida esa bu urushda Rossiya agressor edi.

Yil yakunida esa Moskva terrorizm bilan kurashish niqobi ostida Suriyadagi urushga aralashdi. Kremlning asl maqsadi esa o‘zining hamkori bo‘lmish Bashar al-Assadni qo‘llash va G‘arbning Suriyadagi fuqarolik urushuni to‘xtatishga qaratilgan harakatlarini hamda “Islomiy davlat”ga qarshi kurashini mushkullashtirdan iboratdir.

“Rossiyani troll mamlakat deb ta’riflash unda muayyan maqsadlari yo‘q yoki u o‘z mo‘ljallarini o‘ylamay tanlaydi, degani emas. Ammo bunday qilish bir qarashdan borgan sari aqldan ozib borayotgan va kutilmagan ishlarga qo‘l urayotgan mamlakatni anglashda yordam beradi”, deb yozdi Kornblat.

Chindan ham Rossiya trolligi asta-asta G‘arbning ruhini, Evropadagi va transatlantik birlikni hamda Sovuq urushdan keyingi xalqaro tizimni yemirishga qaratilgan harakatlarning bir bo‘lagidir.

Moskvaning global miqyosdagi trolligining tasodifiyligi mavjud muvozanatni buzishga ham qaratilgan.

“Hech narsa chin emas va har narsa bo‘lishi mumkin: Yangi Rossiyaning syurrealistik yuragiga nazar” kitobi muallifi Piter Pomerantsev iyul oyida: “Barchamiz “Ular ko‘r-ko‘rona har narsaga ishonadimi? Aqldan ozishdimi? Ahmoqona biror nimani boshlashadimi?” kabi savollar haqida bosh qotiryapmiz. Bu bo‘lsa bizni ularning dramaturgiyasi qa’riga torib ketyapti. Ularning maqsadi biz ular biror narsaga ko‘r-ko‘rona ishonadi, deb o‘ylashimizga erishishdir”, degan edi.

Ammo trollik terrorizm kabi kuchsizlarning qurolidir.

“Trollar o‘zgalar jig‘iga tegib, biror ahamiyatli ish qilyapman, degan xom xayollarga boradilar va o‘zlarining kuchsiz ekanliklari haqidagi o‘ylari bilan kurashadilar”, deb yozdi Kornblat.

Fevral oyida bo‘lib o‘tgan Minsk muzokaralari davomida o‘chirilmay qolgan mikrofon Ukraina prezidenti Petro Poroshenko va Belorusning avtoritar prezidenti Aleksandr Lukashenkoning norasmiy suhbatini yozib olgan edi. Suhbat Kreml etakchisi Vladimir Putin haqida bo‘lgan.

“U noinsof va razil o‘yin ko‘rsatyapti”, degan edi Poroshenko.

Lukashenko esa ma’qullab boshini silkitib: “Bilaman, bilaman. Hamma buni tushunib turibdi”, degan edi.

Chindan ham hamma buni tushunib turibdi. Rossiya trolligi esa bir yildan beri davom etib kelmoqda.

Brayan Utmor maqolasi o‘zbekchaga Ozodlik jamoasi tomonidan o‘girildi

XS
SM
MD
LG