Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:51

Afg‘on ayolini toshbo‘ron qilishda gumonlangan shaxs hibsga olindi


Afg‘oniston rasmiylari so‘zlariga ko‘ra, G‘o‘r viloyatida zinoda ayblanib, toshbo‘ron qilingan 19 yoshli ayol o‘limiga aloqadorlikda gumonlanib bir shaxs hibsga olingan.

G‘o‘r viloyati hokimi Simo Jo‘yanda 14 dekabr kuni Ozodlik bilan suhbatda Abdulloh Ramazon ismli shaxsning o‘tgan hafta hibsga olinganini aytdi.

G‘o‘r rasmiylariga ko‘ra, Abdulloh Ramazon ayol toshbo‘ron qilingan Avdat qishlog‘ida yashagan.

25 oktyabrda G‘o‘r viloyatida zinoda ayblangan ayolning toshbo‘ron qilingani xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin qoralandi.

Rasmiylarga ko‘ra, ayolni toshbo‘ron qilishda o‘ttizdan ziyod odam ishtirok etgan.

G‘o‘r viloyati hokimining so‘zchisi Abdulxay Xatibiy ayol toshbo‘ron qilingan mintaqa Tolibon isyonchilari nazorati ostida ekanini aytdi.

XS
SM
MD
LG